- Bosh sahifa / E'lonlar /
Diqqat yangi stipendiya tanlovi!!!
Pahlavon Mahmud va Bobur nomli davlat stipendiyasi uchun tanlov o'tkaziladi.
Yangi o‘quv yili uchun Jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi, Tarix va geografiya yo'nalishi 3 va 4-kurs talabalari uchun Bobur nomli davlat stipendiyasi uchun nomzodlar joriy yilning 10-sentabr kuniga qadar o‘z hujjatlarini institutning “Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limiga taqdim etishlari so'raladi.
- Talabgorlardan talab qilinadigan hujjatlar:
- Sinov daftarchasidan ko‘chirma;
- Fakultet dekani tavsiyanomasi;
- Kafedra mudiri tavsiyanomasi;
- Ilmiy rahbar xulosasi;
- Institutda tahsil olish davomida e’lon qilingan ilmiy-ijodiy ishlar ro‘yxati;
- Institutda tahsil olish davomida e’lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlarining pdf nusxasi;
Institutda tahsil olish davomida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning pdf nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va boshqalar)
Foydali sahifalar