- Bosh sahifa / E'lonlar /
Kitobxon talaba
Talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, Shahrisabz davlat pedagogika institutining Axborot-resurs markazida 2023-yil 27-aprel soat 10:00 dan 16:00 ga qadar “Kitobxon talaba” tanlovining aprel oyi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Talabalar 1-bosqichda 50 ta test asosida saralab olinadi.
Tanlovning 2-bosqichi 28-aprel kuni soat 13:00 da 2 shart asosida oʻtkaziladi:
1-shart “Tezkor savol-javob”
2-shart “Badiiy asar bilimdoni”
Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-oʻrin I-darajali diplom
2-oʻrin II-darajali diplom
3-oʻrin III-darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Foydali sahifalar