- Bosh sahifa / E'lonlar /
Olima ayollar uchun tanlov
Mamlakatimizda 11 fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlab 2023 yil 6-11 fevral kunlari ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar haftaligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha olima va tadqiqotchi xotin-qizlar o‘rtasida, ilmiy texnik xodimlar hamda professor o'qituvchilar uchun:
– “Eng yaxshi ixtiro” muallifi;
– “Eng yaxshi foydali model” muallifi;
– “Eng yaxshi sanoat namunasi” muallifi;
– “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” muallifi;
– “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi” muallifi;
– “Eng samarali innovatsion loyiha” (fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha) muallifi;
– “AKT bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyiha” muallifi;
– “Yengil sanoat va to‘qimachilik sohalarida eng yaxshi innovatsion loyiha muallifi”;
– “Tibbiyot yo‘nalishidagi eng yaxshi innovatsion loyiha” muallifi;
– “Huquqshunoslik yo‘nalishidagi eng yaxshi innovatsion loyiha” muallifi;
– “Farmatsevtika yo‘nalishidagi eng yaxshi innovatsion loyiha” muallifi;
– “Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi eng yaxshi innovatsion loyiha” muallifi;
– “Pedagogika bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyiha” muallifi;
– “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” muallifi;
– “Xizmat ko‘rsatish sohasidagi eng yaxshi innovatsion loyiha” muallifi;
– “Tadqiqotchilarning eng jonkuyar ustozi” yo’nalishlari bo’yicha tanlov tashkil etilmoqda.
Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun institut ilmiy bo’limiga murojaat etishingizni so’raymiz.
Tel: 94 339 9520
Foydali sahifalar