- Bosh sahifa / E'lonlar /
OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM INSTITUTLARI STAJYOR-TADQIQOTCHILIK, TAYANCH DOKTORANTURA, DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA HUJJAT TOPSHIRMOQCHI BO‘LGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2023 yil 1-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlandi. Hujjatlar joriy yilning 15 sentabridan 15 oktabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.
Hujjat topshirish vaqtida tug‘iladigan savollarga t.me/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.
Foydali sahifalar