Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Professor-o‘qituvchilar va magistrlarni asosiy shtatga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi.

Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash maqsadida quyidagi o’rinlarga tanlov e’lon qiladi.

KAFEDRA MUDIRI LAVOZIMIGA:

 

- Rus tili va adabiyot kafedrasi mudiri – 1 nafar

- Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri – 1 nafar

- San’atshunoslik kafedrasi mudiri – 1 nafar

- Pedagogika kafedrasi mudiri – 1 nafar

- Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri – 1 nafar

 

Kafedra mudirligiga nomzodlar ilmiy darajali (fan doktori(dsc), fan nomzodi(phd)) bo‘lishi talab etiladi.

Xorijiy mamlakatlar OTMlarini tamomlagan yoki xorijda malaka oshirish va stajirovkadan o‘tgan holatlar alohida e’tiborga olinadi.

 

PROFESSOR LAVOZIMIGA

 

O‘zbek tili va adabiyot kafedrasiga 1 nafar

Tabiiy fanlar kafedrasiga 1 nafar

Matematika va informatika kafedrasiga 1 nafar

Maktabgacha ta’lim kafedrasiga 1 nafar

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasiga 1 nafar

Ijtimoiy fanlar kafedrasiga 1 nafar

San’atshunoslik kafedrasiga 1 nafar

Rus tili va adabiyot kafedrasiga 1 nafar

Pedagogika kafedrasiga 1 nafar

Jismoniy madaniyat kafedrasiga 1 nafar

Xorijiy tillar kafedrasiga 1 nafar

 

DOTSENT LAVOZIMIGA

 

O‘zbek tili va adabiyot kafedrasiga 1 nafar

Tabiiy fanlar kafedrasiga 1 nafar

Matematika va informatika kafedrasiga 1 nafar

Maktabgacha ta’lim kafedrasiga 1 nafar

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasiga 1 nafar

Ijtimoiy fanlar kafedrasiga 2 nafar

San’atshunoslik kafedrasiga 1 nafar

Rus tili va adabiyot kafedrasiga 1 nafar

Pedagogika kafedrasiga 1 nafar

Jismoniy madaniyat kafedrasiga 2 nafar

Xorijiy tillar kafedrasiga 1 nafar

 

 

KATTA O‘QITUVCHI LAVOZIMIGA

Maktabgacha ta’lim kafedrasiga 2 nafar

Tabiiy fanlar kafedrasiga 1 nafar

Matematika va informatika kafedrasiga 3 nafar

Jismoniy madaniyat kafedrasiga 1 nafar

San’atshunoslik kafedrasiga 2 nafar

Ijtimoiy fanlar kafedrasiga 1 nafar

Rus tili va adabiyot kafedrasiga 1 nafar

Xorijiy tillar kafedrasiga 3 nafar

 

O‘QITUVCHI (ASSISTENT) LAVOZIMIGA

O‘zbek tili va adabiyot kafedrasiga 1 nafar

Matematika va informatika kafedrasiga 13 nafar

Maktabgacha ta’lim kafedrasiga 1 nafar o‘zbek, 1 nafar rus guruhlari uchun

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasiga 1 nafar o‘zbek, 1 nafar rus guruhlari uchun

Ijtimoiy fanlar kafedrasiga 9 nafar

San’atshunoslik kafedrasiga 2 nafar

Rus tili va adabiyot kafedrasiga 2 nafar

Pedagogika kafedrasiga 2 nafar o‘zbek, 1 nafar rus guruhlari uchun

Jismoniy madaniyat kafedrasiga 2 nafar

Xorijiy tillar kafedrasiga 6 nafar ingliz tili o‘zbek guruhlari uchun, 1 nafar ingliz tili rus guruhlari uchun va 3 nafar nemis tili o‘zbek guruhlari uchun

 

O‘QITUVCHI-STAJYOR LAVOZIMIGA

 

Rus tili va adabiyot kafedrasiga 6 nafar

Xorijiy tillar kafedrasiga 6 nafar

Ijtimoiy fanlar kafedrasiga 1 nafar

San’atshunoslik kafedrasiga 2 nafar

 

 

Nomzodlarga qo‘yiladigan malaka talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan  ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha chiqargan Farmon, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va o‘quv jarayoninining o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishidan xabardorligi;

- Talabgorning ilmiy darajasi, ilmiy unvonining mavjudligi;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilgari surgan 5 ta tashabbusining mazmun-mohiyatini bilishi;

- Talabgorning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan mashg‘ulligi, keyingi yillarda e’lon qilingan ishlari (materiallar ko‘rsatiladi);

- Xorijiy tillarni bilish darajasi (tegishli sertifikatlar taqdim etiladi) va undan mashg‘ulotlar jarayonida foydalana olish malakasi;

- Kompyuter texnikasidan foydalana olish va ta’lim jarayonida qo‘llay olishi, masofaviy ta’lim hamda kredit-modul tizimi haqidagi ma’lumotlarga egaligi;

-  Muzokara olib borish qobiliyati;

- Yetakchilik fazilatlarining mavjudligi, shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati, tashkilotchilik va mas’uliyatlilik;

- Yakka tartibda va jamoada ishlash, nizolarni hal qilish qobiliyati;

- Tashabbuskorlik, ijodkorlik, stressga chidamlilik, ta’limga fidoyilik qobiliyatlari.

 

Ma’lumot uchun:

Telefon: (75) 522-40-58

Faks: (75) 522-44-80

E-mail: shdpi@inbox.ru

Tg: https://t.me/shdpiuz

 

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 10-uy.

Hujjatlar Shahrisabz davlat Pedagogika institutida e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy davomida qabul qilinadi.

 

TANLOVGA QATNASHISH UCHUN QUYIDAGI HUJJATLAR TOPSHIRILADI:

  1. Ariza
  2. Ma’lumoti to‘g‘risida diplom va ilovasi
  3. Ilmiy darajasi to‘g‘risida diplom (mavjud bo‘lsa)
  4. Ilmiy unvon attestati (mavjud bo‘lsa)
  5. Rezyume yoki obektivka
  6. Pasport nusxasi
  7. Ilmiy ishlar va ilmiy maqolalari ro‘yxati (mavjud bo‘lsa)

Foydali sahifalar