Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Shahrisabz davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalari va magistrlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va Nomdor davlat stipendiyalari tanlovlari uchun hujjatlar qabuli boshlandi!!!

Talabgorlarning hujjatlari quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi:
1. Hemis tizimidan o'zlashtirish qaydnomasi (tasdiqlangan holatda)
2. Dekan va kafedra tavsiyanomasi
3. Ilmiy rahbarning fikr-mulohazasi
4. Kafedra va fakultet ilmiy kengash qarori
5. Ilmiy ishlar ro'yxati tasdiqlangan holatda (3.4-shakl)
6. Ilmiy -ijodiy ishlarning bosma nusxalari
7. Erishgan qo'shimcha yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, sertifikat, ...)
8. Pasport nusxasi
9. Ma’lumotnoma (obyektivka) 
10. Rasm (10*15)

Tanlovda faqatgina 2, 3-bosqich talabalari va 1-bosqich magistrlari ishtirok eta oladi.

Hujjatlarni 28-maydan 20-iyunga qadar Yangi ARM binosi 2-etaj Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga topshirishingiz so'raladi.

Qo'shimcha savollar uchun: 
tel: +998 943399520, +998 906176157

Foydali sahifalar