- Bosh sahifa / E'lonlar /
SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA XORIJIY VA NODAVLAT OLIY TA'LIM MUASSASALARIDAN O'QISHNI KO'CHIRISH BO'YICHA RO'YXATDAN O'TGAN FUQAROLAR DIQQATIGA!
2022/2023 o'quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan Shahrisabz davlat pedagogika institutining alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishni ko'chirish bo'yicha ro'yxatdan o'tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 21-22 avgust kunlari o'tkaziladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2021/2022 o'quv yilida alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga kirish imtihonlari dasturi baholash mezonlariga muvofiq o'tkaziladi.
❗️Muhim eslatma, alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishni ko'chirish bo'yicha ro'yxatdan o'tgan fuqarolar kasbiy (ijodiy) imtihon kunlari shaxsni tasdiqlovchi hujjat (Pasport yoki ID), Jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi talabalari sport kiyimlarini olib kelishlari shart.
Foydali sahifalar