Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

"Shaxmatchi-kitobxon" tanlovining final bosqichi sanasi belgilandi!!!

Tillar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Mirsanjar Sanayev tomonidan 1-sonli Talabalar turar joyida talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni oshirish va ularning fikrlash jarayonida diqqat-e'tiborini oshirish maqsadida tashkil etilgan "Shaxmatchi-kitobxon" tanlovining final bosqichi 14-iyun kuni soat 19:00 da boshlanadi. Unda 3 oy davomida o’tkazilgan o’yinlarda g‘alaba qozongan talaba-yoshlar o‘zaro bellashadilar.
G‘oliblar 3 darajali diplom bilan birga quyidagi kitoblar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin “IKAR” kitoblar to‘plami.
2-o‘rin Erix Mariya Remark “Ortga yo‘l yo‘q”, Jaloliddin Rumiy hikmatlari
3-o‘rin Abdulfattoh Abu G‘udda 
“Ulamolar nazdida vaqtning qadri”, Paulo Koleo “Ixlos yoxud Beshinchi tog‘”.
“Yil g’olibi” ni aniqlash uchun vaqt kam qoldi!

Foydali sahifalar