- Bosh sahifa / E'lonlar /
"Yil talabasi" tanlovida ishtirok eting!
Ilmda va jamoat ishlarida katta yutuqlarga erishgan talabalarni qo'llab quvvatlash, ularning o'z iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish,
rag'batlantirish hamda talabalik nufuzini oshirish maqsadida "Yil talabasi" Respublika tanlovi o'tkazilmoqda.
Tanlov ikki bosqichda bo'lib o'tadi.
Birinchi bosqichi universitetda ikki turda tashkillashtiriladi:
- birinchi tur - har bir fakultet (kesimi)da o'tkaziladi;
- ikkinchi tur - universitet miqyosida, fakultetlar kesimida g'olib bo'lgan ishtirokchilar o'rtasida o'tkaziladi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi:
1. "Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi"
2. "Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi"
3. "Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi"
4. "Yilning eng faol sportchi talabasi",
5. .'Yilning eng faol iqtidorli talabasi"
6. ,,Yilning eng faol ijodkor talabasi"
7. ,,Yilning eng faol tadbirkor talabasi"
Go'liblar esdalik sovg'alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi.
Tanlov nizomi bilan institutning rasmiy telegram kanali orqali tanishihsingiz mumkin (https://t.me/shahrisabz_ped_instituti/4317)
Murojaat uchun:
Tillar fakulteti (91) 454-63-76
Pedagogika fakulteti (99) 771-18-65
Hurmatli talabalar bu siz uchun ajoyib imkoniyat. Tanlovda faol bo'ling.
Foydali sahifalar