Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!

Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Shahrisabz davlat pedagogika instituti hududida 400 o‘rinli talabalar turar joyi binosini qurish loyihasi yuzasidan boshqa talabgorlarga mazkur loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma'lum qilish taklifi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Shahrisabz davlat pedagogika instituti va “The best story in Samarkand” MCHJ tomonidan Shahrisabz davlat pedagogika instituti hududida 400 o‘rinli talabalar turar joyi binosini qurish loyihasi (keyingi o‘rinlarda – Loyiha) amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha manfaatdor tomonlarni Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma'lum qilish taklifi taqdim etishlarini so‘raydi. Xususiy sherik mamlakatdagi o‘sib borayotgan bozordan manfaat ko‘radi hamda mamlakatda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan birida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi 259-son “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish va uchun soʻrov va tender takliflari 2023-yil 27-may sanasiga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

1) Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;

2) Loyiha kontseptsiyasi;

3) Loyiha haqida ma’lumot.

 

Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz

Telefon raqami: +998 (71) 203-32-23

  1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va davlat funksiyalarini qisqartirish departamenti

Elektron pochta manzili: imv@exat.uz

Telefon raqami: +998 (71) 239-12-52

Foydali sahifalar