- Bosh sahifa / E'lonlar /
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi
“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi.
Bunda:
bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin,
magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin,
doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan.
Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25-iyundan 25-iyulga qadar onlayn qabul qilinadi.
Saralash tanlovi jarayonlarini o‘tkazish, jumladan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazish joriy yilning 25-iyuldan 24-avgustga qadar davom etadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: http://admission.eyuf.uz
Batafsil ma’lumot uchun havola: https://eyuf.uz/site/event?id=79
Qo‘shimcha savollarga javoblarni +99 871 203 00 47, +99 871 203 00 48, +99 871 203 00 53 telefon raqamlaridan yoki info@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali olishingiz mumkin.
Foydali sahifalar