Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

“Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kursiga qabul e’lon qiladi

Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti 2024/2025-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kursiga qabul e’lon qiladi.
Mazkur oʻquv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2-kursini bitirib, uchinchi kursiga o‘tgan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan iqtidorli talabalari saralash asosida qabul qilinadi.

Oʻquv kurslariga “Mirzo Ulug‘bek vorislari” – “Data science” o‘quv kursi tanlovini tashkil etish va tanlov uchun har bir davlat oliy ta’lim muassasalaridan 60 nafar iqtidorli va salohiyatli talabalarni jalb etish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Oʻquv kurslarida talabalar mutaxassisligi va ta’lim yo‘nalishidan qat’iy nazar o‘qishdan ajralmagan holda ishtirok etadi va zamonaviy kasb egallash imkoniga ega bo‘ladi. Oʻquv kurslariga saralash bosqichida g‘olib deb topilgan hududlardagi talabalarga, o‘quv yili davomida o‘qishini mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillik asosida tashkil etiladi. Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tinglovchilar uchun o‘quv kurslarida o‘qishi davomida bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida har oyda bir marotaba rag‘batlantirib boriladi hamda zamonaviy noutbuk taqdim etiladi.

Iqtidorli talaba-yoshlar “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kurslariga 2024-yilning 15-avgustiga qadar https://dscience.uz/ orqali ro‘yhatdan o‘tish imkoniyatiga egasiz. Ro’yhatdan o’tgan talabalar Institutning Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limiga murojaat etishingiz so’raladi.

Foydali sahifalar