- Bosh sahifa / E'lonlar /
“Talaba — yugur” ko`ngillilar yugurish sport musobaqalari
24-26-oktyabr kunlari Qarshi shahrida “Talaba — yugur” ko`ngillilar yugurish sport musobaqalari bo`lib o`tadi. Bunda 16 yoshdan yuqori bo`lgan barcha talabalar, professor-o`qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishlari mumkin.
1-o`rin uchun 5 000 000 so`m miqdorida,
2-o`rin uchun 3 000 000 so`m miqdorida,
3-o`rin uchun 2 000 000 so`m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari har bir mavsum natijasi bo'yicha oliy taʼlim muassasasining talabalari orasidan bosqich (kurs)lar kesimida 1-3 o`rinlarni egallagan (o`g`il va qiz bola bo`yicha alohida-alohida) talabalarga oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) stipendiyasi bilan taqdirlanadi.
Musobaqada ishtirok etgan oliy taʼlim muassasasi professor-o`qituvchi va xodimlar bo`yicha “Yugur” platformasida qayd etilgan natijalarga asosan har bir oliy taʼlim muassasasi kesimida 1-3 o`rinlarni egallagan (erkak va ayollar bo`yicha alohida-alohida) xodimlarga lavozim maoshiga 10 foiz miqdorda 3 oylik qo`shimcha ustamalar belgilanadi.
Musobaqaga qatnashish shartlari:
- musobaqada ishtirok etish uchun ishtirokchilar elektron “Yugur” platformasi orqali ro`yxatdan o`tishlari lozim,
- ro`yxatdan o`tish musobaqadan bir oy oldin boshlanib, musobaqa boshlanishidan o`n kun oldin to`xtatiladi.
Musobaqa haqida to`liq ma`lumot olish uchun Jismoniy madaniyat kafedrasi o`qituvchisi S.Elova 919618118 ga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin.
Foydali sahifalar