Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Buxgalteriya bo`limi

 

 

Bosh hisobchi

To’rayev Zayniddin Sayfiddinovich

Telefon nomer : 97799 68 66

E-mail : buxgalter@tdpu.uz

Qabul kunlari : dushanba-juma (9:00-16:00)

 

 

ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

Bosh buxgalter lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan meyoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  • Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
  • Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
  • Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
  • Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
  • Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
  • Mahalliy va respublika budjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
  • Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
  • Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
  • Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
  • Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri saflanishini nazorat qilish;
  • Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
  • Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
  • Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.

Bilishi kerak:

           Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMsi yillik va istiqbolli rejalarini bilishi, moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish xususiydagi, shuningdek OTMsining moliya-xo‘jalik faoliyatiga, OTMsi tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, meyoriy hamda boshqa hujjatlarni bilish.

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va o‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.
  • Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

 

Foydali sahifalar