- Bosh sahifa / Bo`limlar /
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagok kadrlar tayyorlash bо‘limi
|
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagok kadrlar tayyorlash bо‘limi boshlig‘i To‘rayev Qahramon Abdijalilovich Telefon nomer : +998 75 522 40 58 E-mail : qahramon.t1986@gmail.ru Qabul kunlari : Seshanba-juma (9:00-17:00)
|
ILMIY-TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO‘LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
Bo‘limning asosiy maqsadi – mamlakat ilm-fani taraqqiyotini yanada rivojlashtirish maqsadida Respublika iqtisodiyotini ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘yib, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)larni tayyorlash orqali institut ilmiy salohiyatni yuksaltirishdan iborat.
Bo‘limning asosiy vazifasi – O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqgan holda hozirgi davr talablari asosida institutda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish, ta’lim muassasalari uchun Oliy pedagogik ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan, yuksak axloqiy, ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan pedagog kadrlar tayyorlashdir.
BO‘LIM O‘Z FAOLIYATI DAVOMIDA QUYIDAGI VAZIFALARNI BAJARADI:
- institut professor-o‘qituvchilari tomonidan kunning ikkinchi yarmida kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ish yurituvchi hujjatlarning to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilib borish;
- fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar tanlovlarida professor-o‘qituvchilarning ishtirok etish uchun yil davomida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar bilan hamkorlikda ishlash;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan buyruq asosida stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish rejasini ishlab chiqish;
- stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzularini respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan fundamental va amaliy, innovatsion loyihalar hamda xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy loyihalar yo‘nalishlariga mos bo‘lishini ta’minlash;
- stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning yillik ish rejalari asosida yil davomida ikki marotaba monitoring tashkil qilish va o‘z vaqtida monitoringdan o‘tishlarini ta’minlash;
- professor-o‘qituvchilar, stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik ishlanmalarni bajarish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish ishlarida ko‘maklashish;
- stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy seminarlar va o‘quv-treninglar tashkil qilish;
- tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon topshiriladigan fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini reja asosida tashkil etish;
- yosh olimlar uchun ilmiy mavzulari bo‘yicha mo‘ljallangan ixtiro va tuziladigan EHM dasturlariga meyoriy hujjatlar olishlari uchun sharoitlar yaratish;
- yosh olimlarni ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha chet el yetakchi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlari va ishlab chiqarish korxonalariga stajirovka va xizmat safariga yuborishni tashkil qilish;
- chop etilgan ilmiy ishlar natijasi: darsliklar, ilmiy maqolalar, monografiya, litsenziya, patent va mualliflik guvohnomalarining xarakat monitoringini amalga oshirish;
- Institutning innovatsiya faoliyatini amalga oshirish.
Foydali sahifalar