Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi

 

 

Bo‘lim boshlig‘i:

Islomov Bobirjon Sayfullo o‘g‘li

Telefon nomer : 90-666-00-40

E-mail : islomovbobur424@gmail.com

Qabul kunlari : dushanba-juma (9:00-17:00)

 

 

 Bo‘limning vazifalari va funksiyalari
 Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:


Institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
institutda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
institutda korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” tizimini joriy etish va amalga oshirish; 
institutda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
institutda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berish;
institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jihatlarini tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
institutda korrupsiyaning holati tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;
institutda akademik litsey va biriktirilgan texnikumlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
7. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hay’at qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o‘rganadi, natijalari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlaydi;
institutda “Korrupsiyasiz soha” loyixasini amalga oshiradi;
institutda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki xujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektorga kiritadi;
institutning ichki xujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
institutda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baxolaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
institutning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining xatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko‘rib chiqadi hamda o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘radi;
institutda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlarini reyestrini yuritib boradi;
davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
institut xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
institutning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;  
institut faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazadi;

 

 

Foydali sahifalar