Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Magistratura bo'limi

 

 

Bo'lim boshlig'i

Dusaliyev Muysin Tura o‘g‘li

Telefon raqam:  +99897 115-98-99

E-mail: muysin454@gmail.com

 

Qabul kunlari: Dushanba-shanba 09:00 - 17:00

Shahrisabz davlat pedagogika institutida magistratura ta’limi 2021-yildan yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda Magistratura bo‘limi ikki shtat birligida (bo‘lim boshlig‘i va uslubchi) faoliyat yuritadi. Magistratura bo‘limi institutda magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtiradi hamda kafedra va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:

·        magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashishni;

·        o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirilishini;

·        barcha fakultetlarning magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;

·        magistrlarni o‘qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni;

·        magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.

Magistratura bo‘limida ta’lim jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”, O‘zbekiston Respublikas O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi 5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini           2030-yilgacha rivojlantarish KONSEPSIYASI”, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ma’qullangan magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etib kelinmoqda. Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistrantlariga yuqori malakali                          professor-o‘qituvchilar: fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajasiga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan olimlar jalb qilingan.

Magistratura ta’lim bosqichiga, milliy va xorijiy oliy ta’lim o‘quv yurtlari kafedralari, ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, jamg‘armalari, muassasalari, shuningdek, mamlakatda va xorijda faoliyat olib borayotgan korxonalar, xalqaro tashkilotlar, davlat idoralarining talab va ehtiyojlaridan (buyurtmachilar) kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlarining muvaffaqiyatli yakunlagan, ilmiy tadqiqot, ilmiy-pedagogik va innovatsion salohiyatini, boshqaruvchilik-menejer qobiliyatini namoyon qila olgan talabalar o‘qishga qabul qilinadi.

Hozirgi kunda institutimiz magistratura ta’lim bosqichida 10 ta mutaxassislik bo‘yicha 93 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan, 1-bosqichda 38 nafar,                      2-bosqichda esa 55 nafar talaba ta’lim sirlarini o‘zlashtirish bilan band. Ularning ta’lim olishlari uchun 20 ga yaqin fan doktori, 30 ga yaqin fan nomzodi, PhD ilmiy darajasi va dotsent hamda professor ilmiy unvoniga ega yuqori malakali professor-o‘qituvchilar xizmat qilmoqdalar.

Shahrisabz davlat pedagogika institutida 2024-2025-o‘quv yilida magistratura bosqichiga 12 ta mutaxassislik bo‘yicha 80 nafar magistrantni o‘qishga qabul qilish rejalashtirilgan.  

 

Foydali sahifalar