- Bosh sahifa / Bo`limlar /
O`quv - uslubiy boshqarma
O`quv - uslubiy boshqarma boshlig`i Berdiyev Abduvali Abdug'aniyevich Telefon nomer : +998944111104 E-mail : abduvali4111104@gmail.com Qabul kunlari : Dushanba-Juma (14:00-17:00)
|
ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Bо`limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Bo`limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
- Bo`limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
- Bo`lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo`lgan bo`g`inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;,
- O`zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo`riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo`limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini professor-o`qituvchilar va talabalarga etkazib borish;
- Davlat ta’lim stantartlari, o`quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish bo`yicha ish olib borish, tashkil etish va uni bajarilishini nazorat qilish;
- O`quv jarayoni samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish, o`quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish;
- Fakultet va kafedralarning o`quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish, tahlil qilish, bajarilishini nazorat qilish va ilg`or tajribalarni keng joriy etish;
- O`quv jarayoni grafigini ishlab chiqishda ishtirok etish, o`quv mashg`ulotlari jadvalini ishlab chiqilishini tashkil etish, tasdiqlash va uning bajarilishini nazorat qilish;
- Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini o`quv jarayoniga qo`llanishini tashkil qilish, bajarilishini nazorat qilish va o`zlashtirish natijalarini tahlil etish;
- Talabalar amaliyotlarini va o`quv ishlarni ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasini tashkil etish;
- Dekanat va kafedralarda o`quv va o`quv-uslubiy ishlarni me’yoriy hujjatlar asosida yuritilishini tashkil etish va nazorat qilish;
- “Vaqt me’yorlari”ga muvofiq kafedralar o`quv yuklamalarini ishlab chiqish va professor-o`qituvchilar shaxsiy ish rejalarini rejalashtirilishini tashkil etish, bajarilishini nazorat qilish;
- Bitiruv ishlarni ilmiy rahbarligiga ko`proq buyurtmachi tashkilot, korxonalarning etakchi mutaxassislarini jalb etishga, mavzularning dolzarbligi, sifat darajasi, uning ilmiyligi va xalq xo`jaligi ehtiyojlariga mosligining monitoringini olib borish;
- Davlat attestatsiyasi komissiyasi raislarini tasdiqlash uchun nomzodlarni vazirlikka tavsiya etish, yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish rejasini tuzish hamda ijrosini ta’minlash choralarini ko`rish;
- Davlat attestatsiyasi komissiyasi xulosalari va hisobotlarini yig`ish va tahlil etib borish;
- Fakultetlarda guruhlar va potoklarni me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilishini ta’minlash;
- talabalarni kursdan-kursga ko`chirish, talabalar safidan chiqarish va stipendiya belgilash ishlarini belgilangan muddatda va to`g`ri bajarilishini nazorat qilish;
- O`quv jarayonini moddiy-texnik bazasini mastahkamlash bo`yicha mutasaddi bo`limlar bilan hamkorlikda takliflar tayyorlashni tashkil qilish;
- Fanlarni asosiy adabiyotlar bilan ta’minlash rejasini ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
- Soatbay va o`rindosh o`qituvchilarning o`quv yuklamalarini belgilash va bajarilishini nazorat qilish;
- Professor-o`qituvchilarning malaka oshirish rejasini tuzish ishlarini tashkil etish va ijrosini ta’minlash;
- Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etish va nazorat qilish;
- ARM ning axborot fondi to`g`risidagi ma’lumotlarni o`rganib borish va undan samarali foydalanish bo`yicha hamkorlik qilish;
- Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligiga amal qilish.
Foydali sahifalar