Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo`limi

 

 

 

Bo'lim boshlig'i

Sultonov Anvar Shaymanovich

Telefon raqam: +998977008478

E-mail: anvar_sultonov@mail.ru

Qabul kunlari: Dushanba-shanba 09:00 - 17:00

 

 

ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

Bо`limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, о‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

SHDPIda ta’lim jarayoni sifatini, uning о‘quv adabiyotlari va о‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini о‘rganish;

SHDPI talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini о‘rganib borish, tahlil qilish;

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish; 

SHDPIni ichki attestatsiyadan о‘tkazishni tashkil etish, natijalari bо‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

attestatsiya, ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda filialda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni о‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat о‘rnatish;

SHDPI reytingini xalqaro darajaga kо‘tarishga qaratilgan chora- tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

SHDPI tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan о‘quv seminarlari va treninglarni о‘tkazish;

SHDPIda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qо‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda о‘tkazib borish;

о‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish о‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

SHDPI Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bо‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan о‘rganish va monitoring natijalari tо‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

ta’lim sifati holatini о‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni SHDPI rahbariyatiga taqdim etish.

 

Foydali sahifalar