EKSTREMIZM VA TERRORIZM – JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TAHDID
Barchamizga maʼlumki, ertangi buyuk kelajakni, farovon hayotni barpo etishda, eng avvalo yoshlarimizni vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash ustuvor ahamiyatga egadir. Ayniqsa, yoshlarimizni turli diniy oqimlar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridandir. Bugungi axborot-kommunikatsiya rivojlangan davrda diniy ekstremizm va terrorizm kabi illat borki, bu illat insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan eng xavfli ijtimoiy illatlardan biriga aylandi.
Bugun 6-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida huquqiy-profilaktik, targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Institut rektori v.v.b. J.Shonazarov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat- ma'rifat bo'limi uslubchilari, VIIB TQX TQKB bo'lim boshlig'i, mayor Firdavs Muhammadiyev, Din ishlari bo'yicha qumitaning Shahrisabz shahar bo'limi bosh mutaxassisi Xusan Uchqunov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida so'zga chiqqanlar tomonidan ekstremizm va terrorizm kabi salbiy illatlardan saqlanish, ogohlik va hushyorlikni yo‘qotmaslik, zararli yot g‘oyalar ta’siriga berilmaslik, asl diniy qadriyatlarni anglash borasida kerakli tavsiyalar berildi va aholi orasida nosog‘lom aqidani singdirish kechirib bo‘lmas jinoyat ekanligini bir necha misollar orqali tushuntirildi. Shuningdek, yoshlarning turli ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolmasliklari, taqiqlangan ijtimoiy tarmoqlardagi taqiqlangan axborotlarni tarqatmasliklari alohida ta'kidlandi. Yoshlar berilgan imkoniyatlardan foydalangan holda ko‘proq bilim va kasb-hunar egallashlari borasida tavsiya berildi.
Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mas’ullar va xodimlar tomonidan batafsil javob olishdi.
Foydali sahifalar