Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

ILMIY HAMKORLIK VA INNOVATSIYALAR SARI YANGI QADAM

Shahrisabz davlat pedagogika institutida Belorussiya Respublikasining Minsk shahridagi Ta’limni rivojlantirish instituti dekani, fizika-matematika fanlari doktori, professor Gancheronok Igor Ivanovich hamda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Jabborov Nasriddin Mirzoodilovich tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarga Institut rektori Sherzod Nematov Institutning o'quv, ilmiy va ma'naviy faoliyati haqida ma'lumot berdi. ishlaymiz

So'ng mehmonlar tomonidan institut professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalariga “Ta’limda sun’iy intellekt” mavzusida  seminar o‘tildi. Ushbu seminar davomida zamonaviy texnologiyalarning ta’lim sohasidagi o‘rni, sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish usullari va kelajakda ushbu texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga joriy qilishning istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt bilan bog‘liq masalalarda qiziqarli savollar berib, interaktiv muloqotda bo‘lishdi.

Mazkur tashrif Institut va xalqaro ilmiy doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh avlodning ilmiy salohiyatini oshirish hamda ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Mehmonlar institut bilan kelgusidagi hamkorlikni davom ettirishga ishonch bildirdilar.

 

Foydali sahifalar