IJARA XONADONLARIGA TASHRIF
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekan o'rinbosari H.Olimov va tyutorlar ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi. Tashrif davomida ijara xonadonida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, xonadonning kuz-qish mavsumiga tayyorligi, talabalarning dars tayyorlashi uchun yaratilgan sharoitlar, oshxona va isitish tizimlarini ko'zdan kechirildi.
Ijara xonadoni egasi bilan talabalar is gazidan zaharlanmasligi boʻyicha zarur choralar koʻrish va ularga qish mavsumini betalofot o’tkazish hamda xavfsiz sharoit yaratib berish kerakligi boʻyicha suhbatlashildi.
Foydali sahifalar