Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

OLIYGOH VA MAKTAB HAMKORLIGI

Shahrisabz davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilarining viloyatning chekka hududlardagi umumtaʼlim maktablari faoliyatini takomillashtirish, oʼqituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini, oʼquvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga qiziqishini oshirish, oliy taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida maktablarga tashriflari davom etmoqda. Ushbu tashriflar davomida professor-o‘qituvchilar hududdagi maktablarning ta'lim jarayoni bilan yaqindan tanishib, ularning ehtiyojlari va muammolarini o‘rganmoqdalar. 

Tashriflar davomida o'quvchilarga Shahrisabz davlat pedagogika institutida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud yo'nalishlar va zamonaviy ta'lim dasturlari haqida ma'lumotlar berilmoqda. Bunday tadbirlar umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini yaxshilash va o‘quvchilarning oliy ta'lim muassasalariga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

Foydali sahifalar