YASHIL MAKON UMUMMILLIY LOYIHASI
“Yashil makon” umummilliy loyihasi aholi hayoti sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar jumlasida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan desak mubolag'a bo'lmaydi.
Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yigʻilishida ham “Yashil makon” doirasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berildi.
Shahrisabz davlat pedagogika institutida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida kо‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida institut hududiga jami 720 ta manzarali va mevali daraxtlar shundan 400 ta uzum ko'chati, 32 ta Qrim sosnasi, 250 ta archa, 20 ta Kashtan va 18 ta Suriya atirguli ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, Institut tashabbusi bilan Kitob tumanidagi Akademik litseyida kichik bog' tashkil etilib, jami 170 ta manzarali darxtlar o'tkazish ishlari olib borildi.