Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

11-OKTYABR - XALQARO QIZLAR KUNI

Shahrisabz davlat pedagogika institutida 11-oktyabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan  "Erta turmush va erta tug'ruqning oldini olish" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Institut Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Gulruh Bahodirova, Shahrisabz shahar hokim o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Muhayyo Almirzayeva, shifokorlar Jamila Odilova, Nargiza Aminovalar mavzu doirasida ma'limotlar berdi.

Xususan, qizlar va ayollarning ijtimoiy hayotdagi o'rni, ularning ta'lim olish huquqi va mustaqil hayot kechirish imkoniyatlari, erta turmush va erta tug'ruqning salbiy oqibatlari, shuningdek, oilada qizlar va ayollarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o'tildi.

Tadbir davomida, ishtirokchilar birgalikda muammolarni hal etish va qizlar uchun ta'lim, sog'liq va ijtimoiy muammolarni hal qilishda qanday choralar ko'rish mumkinligi haqida takliflar bildirdilar. Suhbat oxirida, ishtirokchilar kelajakda qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha faoliyatlarini davom ettirish bo'yicha bu kabi tadbirlarni doimiy tashkil etish borasida kelishib olindi.

Foydali sahifalar