Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDAGI O‘QUV MASHG‘ULOTLARI

Shahrisabz davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik doirasida nufuzli o‘quv yurtlaridan biri bo‘lgan Qozog‘iston milliy qizlar pedagogika universiteti bilan samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida institutga Qozog‘iston milliy qizlar pedagogika universitetining Informatika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori Ongarbayeva Aliya Duysengaliyevna ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Darslar bir hafta davomida institut talabalari va o‘qituvchilari uchun tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Professor Ongarbayeva o‘z mashg‘ulotlari davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, informatika fanini o‘qitishda innovatsion usullar, hamda xalqaro tajribalar asosida o‘quv jarayonini tashkil etishning samarali yondashuvlarini taqdim etadi. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari bo‘yicha dolzarb mavzularda amaliy seminarlar ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu darslar nafaqat talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirish, balki o‘qituvchilar malakasini ham yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Foydali sahifalar