O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI TASHKIL ETILGANLIGINING 32 YILLIGI HAMDA VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI TABRIGI
Qadrli yurtimiz himoyachilari!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Kuch-qudratli, azm-u shijoatli armiyamiz hamda har ishda yetuk salohiyatli harbiy xizmatchilarimiz bor ekan yurtimiz doim tinch, farovon, gullab yashnayveradi. Barchamiz ishonch bilan ayta olamizki jonajon Yurtimizning mudofaa qudratini oshirishda munosib hissangiz bor. Shunday ekan, barcha harbiylarimizga, barcha sohalarda faoliyat yuritayotgan o'zbegim o'g'lonlariga o’z vazifalarini sidqidildan ado etishlarida mustahkam sogʻlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. O‘zbekistonimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar doim hamrohingiz bo'lsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Yana bir bor Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Bayramingiz muborak bo'lsin!
Jamshid Shuxratovich Shonazarov
Shahrisabz davlat pedagogika instituti v.v.b. rektori
Foydali sahifalar